Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » “Eng faol kitobxon” ko‘rik-tanlovi

“Eng faol kitobxon” ko‘rik-tanlovi

Сегодня, 09:57
3
 2026-yil 14-aprel kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Eng faol kitobxon” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbir yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda bilimli, tafakkuri keng avlodni tarbiyalash maqsadida tashkil etildi. Tanlov davomida ishtirokchilar o‘zlari o‘qigan asarlar yuzasidan savollarga javob berdilar, kitoblar haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar hamda badiiy chiqishlar orqali o‘z iqtidorlarini namoyon etdilar.
Ko‘rik yakunida eng faol, bilimdon va kitobsevar o‘quvchilar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bunday tanlovlar yoshlar ongida kitobga mehr uyg‘otish, ularni ma’naviy jihatdan yetuk qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz