Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » Texnikumda “Qovoq sayli”

Texnikumda “Qovoq sayli”

18-12-2025, 16:00
31
Joriy yilning 17-dekabr kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 1-bosqich talabalari o‘rtasida “Qovoq sayli” nomli qiziqarli va mazmunli tadbir o‘tkazildi. Tadbir bayramona ruhda tashkil etilib, talabalarning faolligi, ijodkorligi va tashabbuskorligi bilan yanada ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.
Sayl davomida o‘quvchilar qovoqning inson salomatligi uchun foydali xususiyatlari, uning tarkibidagi vitamin va minerallar, immunitetni mustahkamlashdagi ahamiyati hamda sog‘lom ovqatlanishdagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumot berishdi.

Tadbirning eng e’tiborga molik jihatlaridan biri — qovoqdan turli xil mazali va foydali taomlar tayyorlanib, chiroyli tarzda bezatib taqdim etilgani bo‘ldi. Bundan tashqari, karving san’ati ham tadbirga alohida fayz bag‘ishladi. Talabalar qovoqqa badiiy ishlov berib, turli naqsh va kompozitsiyalar yaratish orqali o‘z iste’dodlarini namoyon etishdi. Ushbu san’at asarlari barchaning katta qiziqishi va olqishiga sazovor bo‘ldi.

“Qovoq sayli” talabalarda sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishni oshirish, estetik didni rivojlantirish, jamoada ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda milliy va zamonaviy san’at uyg‘unligini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi. Tadbir barchada yorqin va unutilmas taassurot qoldirdi. 
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz