Navro‘z umumxalq bayrami doirasida sumalak sayli tashkil etildi
Joriy yilning 18-mart kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan milliy taomimiz — sumalak tayyorlash tadbiri tashkil etildi.Mazkur tadbirda texnikum rahbariyati, pedagog-xodimlar hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etib, sumalak pishirish jarayoni milliy an’analar va qadriyatlarimizga muvofiq tarzda olib borildi. Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan milliy kuy-qo‘shiqlar ijro etildi hamda bayramona muhit ta’minlandi.
Ushbu tadbir yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish, ularni asrab-avaylash va kelgusi avlodga yetkazish borasida muhim ahamiyat kasb etdi.


Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.











