Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

21-11-2025, 09:02
64
Unda Urganch shahar diniy ishlar bo‘yicha qo‘mitaning bosh mutaxassisi O.Vaisov, Xorazm viloyati IIB terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi kapitan M.R.Nazarova, Urganch shahar IIB VYMB M.Nurullayev, Urganch shahar “Istiqlol” mahallasi yoshlar yetakchisi Sh.Yusupovlar ishtirok qilishdi.Tadbirda jaholat tushunchasi, uning jamiyatga salbiy ta’siri, ayniqsa, yoshlar orasida noto‘g‘ri diniy tushunchalarning tarqalish xavfi muhokama qilindi. Jaholat faqat qurol bilan emas, ong, axborot va g‘oyaviy tahdidlar orqali ham tarqalishi, unga qarshi kurashda faqat ma’rifat – ya’ni bilim, tafakkur, kitobxonlik, tarixiy xotira va ijtimoiy mas’uliyat orqali yechim topish mumkinligi ta’kidlandi.
Tadbir o‘quvchilarda ijobiy taassurot qoldirdi. Ularda yurt tinchligi, xalq birdamligi, bilim va ma’rifatning inson hayotidagi o‘rni haqida chuqur tushuncha hosil bo‘ldi.har bir inson qalbida o‘z yurtiga sadoqat, fidoyi bo‘lish tuyg‘usi vatanparvarlikning oliy nishonasi hisoblananishi, zero, inson uchun eng aziz va muqaddas bo‘lgan Vatanni himoya etish, uni sevish va e’zozlash har bir insondan buyuk ma’naviy jasoratni talab etishi, bugungi kunda globallashuvning shiddatli tus olishi dunyo miqyosida g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning tobora avjiga chiqishiga zamin yaratayotgani, mana shunday bir sharoitda tinchlik, barqarorlikni saqlashda ma’naviyat va ma’rifatga e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etishi haqida so'z yuritdilar.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz