1- dekabr Xalqaro OITS ga qarshi kurashish kuni
Bugun Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida 1- dekabr Xalqaro OITS ga qarshi kurashish kuni munosabati bilan OITS - asr vabosi mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi2025-yil 1-dekabr kuni “1-dekabr – Butunjahon OITS ga qarshi kurash kuni” ga bag‘ishlangan “OITS-asr vabosi!” mavzusida yoshlar o‘rtasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda viloyat OITS ga qarshi kurashish markazi epidemiologik shifokori Z.Kuchkarova yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish yuzasidan o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Shuningdek, OITS va giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan ijtimoiy videorolik namoyish etildi. O‘quvchilarga OITSni kelib chiqishi va uning zararli oqibatlari tushuntirildi.Tadbir yakunida “OITS -asr vabosi” mavzusida o‘tkazilgan rasmlar tanlovida g‘olib o‘quvchilar faxriy yorliq va estalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
Talabalar tomonidan tayyorlangan yangi oilaning mustahkamligi va tug‘ilajak farzandlarning barkamolligini ta’minlashda nikohdan oldingi tibbiy ko‘rikning ahamiyati to‘ g‘risidagi sahna ko‘rinishi barchaga manzur bo‘ldi.Bundan tashqari har hafta o‘tkaziladigan kelajak soatlarida “Kelajaging o‘z qo‘lingda”,”OITS-asr vabosi” mavzularida o‘quvchilarga tushuntirishlar berib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
“1-dekabr –Butunjahon OITS ga qarshi kurash kuni” ga bag‘ishlangan “Sog‘lom hayot sari birgalikda!” shiori ostida yoshlar o‘rtasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.3-12-2024, 15:46
BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ24-02-2023, 16:58
“Yoshlarning ma'naviy-axloqiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yo‘llari” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi2-06-2025, 17:00
KORRUPSIYA - TARAQQIYOT KUSHANDASI21-05-2025, 16:10
”Men giyohvandlikka qarshiman” mavzusida diktantlar tanlovi8-02-2025, 15:04











