Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » Kasbiy ta’lim tashkilotlari rahbarlarining Avgust kengashi yalpi yig‘ilishi

Kasbiy ta’lim tashkilotlari rahbarlarining Avgust kengashi yalpi yig‘ilishi

30-08-2025, 10:27
28
2025-yil 29-avgust kuni Kasbiy ta’lim tashkilotlari rahbarlari va muhandis-pedagoglarning an’anaviy Avgust kengashi yalpi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatimizdagi barcha kasbiy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etishdi.Yig‘ilishni Xorazm viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Z.Ya. So’dullayev ochib berib, ishtirokchilarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi va yangi o‘quv yili bilan qutladi.
Yig‘ilishda 2024/2025-o‘quv yili ta’lim-tarbiya jarayoniga oid tahlillar hamda 2025/2026-o‘quv yilida jamoalar oldida turgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida 2024/2025 o‘quv yilida  ish faoliyatida yuqori natijalarga erishgan rahbar va pedagoglar tashakkurnoma va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.                                  Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi direktori M.M. Axmedovaning 2024/2025-o‘quv yilidagi samarali faoliyati, yosh avlodni tarbiyalashdagi fidokorona mehnatlari hamda ta’lim sohasidagi yutuqlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi tomonidan e’tirof etilib, estalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.
Yosh avlodni tarbiyalashdagi sharafli ishlaringizda, Vatanimiz va texnikum ravnaqi uchun amalga oshirayotgan ezgu ishlaringizda omad va zafarlar yor bo‘lsin! 
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz