Ishonch telefoni

Avgust kengashi

28-08-2023, 22:49
117
Sifatli ta’lim va malakali mutaxassis – barqaror iqtisodiyotning asosi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug‘i bilan professional taʼlim muassasalarida “Sifatli ta’lim va malakali mutaxassis – barqaror iqtisodiyotning asosi” shiori ostida Avgust kengashlarining sho‘ba va yalpi yig‘ilishlari bo'lib o'tmoqda. Unda texnikum, kollej va kasb-hunar maktablarining 2023/2024 oʻquv yiliga tayyorgarligini taʼminlash, rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish, oʻquv-metodik taʼminotni kuchaytirish, taʼlim sifatini oshirish hamda taʼlim jarayonini samarali tashkil etish kabi dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda. 
Joriy yilning  29 avgust  kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida ham bir qator professional ta'lim muassasalarining Yoshlar bilan ishlash bo'yicha direktor o'rinbosarlari va psixologlari ishtirokida  Avgust kengashining  15-sho‘ba yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz