Kasbiy ta’lim tashkilotlari direktorlarining an`anaviy avgust kengashi bo‘lib o‘tdi
2025-yil 25-avgust kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida kasbiy ta’lim tashkilotlari direktorlarining 2025/2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik bo‘yicha Avgust kengashi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatimizdagi mavjud barcha kasbiy ta’lim rahbarlari ishtirok qilishdi. Yig‘ilishni Xorazm viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Z.Ya. So’dullayev ochib berdi va ishtirokchilarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi hamda yangi o‘quv yili bilan tabrikladi.Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar, jumladan,2025/2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik, rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish,o‘quv-metodik ta’minotni kuchaytirish, ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish, mehnat bozori va ta’lim integratsiyasini ta’minlash, dual ta'limni tashkil qilish masalalar muhokama qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoni ijrosiga alohida to‘xtalib o‘tildi hamda yangi o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.Yig‘ilish yakunida kasbiy ta’lim tashkilotlarining rahbarlari yuqoridagi masalalar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bayon qilishdi, ta’lim sifatini oshirish yuzasidan o‘z takliflarini berishdi.


Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Avgust kengashi28-08-2023, 22:49
2025/2026-o‘quv yili uchun kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi15-08-2025, 09:38
Dolzarb_90_kun11-07-2025, 12:29
Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida rasmiy tashrif24-05-2025, 10:00
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish departamenti boshlig‘i U.Alijonov Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga tashrif buyurdi29-04-2025, 17:20











