Ishonch telefoni

Dolzarb_90_kun

11-07-2025, 12:29
40
Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri maslahatchisi Bobur Rahimov tomonidan Xorazm viloyatidagi OTMlari, kasbiy ta’lim, akademik litsey va texnikumlar mas'ullari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Z.Sa’dullayev, Urganch davlat pedagogika instituti rektori F.Madraximova hamda Urganch davlat universiteti rektori v.v.b. S.Xodjaniyozovlar so‘zga chiqib, loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar. 
Mazkur yig‘ilishda Urganch davlat pedagogika institutining tajribasi, xususan, yozgi ta’til davrida talabalar uchun turli to‘garaklar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari va startap loyihalariga oid kurslar to‘g‘ri tashkil qilish borasida institutda olib borilayotgan ishlarga ijobiy baho berildi. Yig‘ilish yakunida vazir maslahatchisi tomonidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz