Tibbiyot texnikumlarida tashqi mehnat migratsiyasi bilan hamkorlikda uchrashuv
05.02.2024 - kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Tibbiyot texnikumlarida tashqi mehnat migratsiyasi bilan hamkorlikda onlayn uchrashuv tashkil qilindi. Unda tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Xorazm filiali hamda Xorazm viloyati Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi xorijiy tillarni ommalashtirish bo`yicha bosh mutaxassisi M. Rahmonovlar ishtirok qildilar. Uchrashuvda ta`lim muassasasining nemis tili o`quv kurslarida taxsil olayotgan 34 nafar o`quvchilari va texnikum ma`muriyati ishtirok qildilar. O`quvchilarga Germaniyada o`z mutaxassisliklari bo`yicha ishlash uchun zarur bo`ladigan bilimlar, hujjatlar haqida batafsil ma`lumot berildi. Uchrashuv davomida o`quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berib borildi.













Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.