Mening yangilanayotgan konstitutsiyam
08.04.2023 yil kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida "Mening yangilanayotgan konstitutsiyam!" mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Urganch shahar kengashi raisi, xalq deputatlari Urganch shahar kengashi deputati B.S.Jumaniyazov Urganch yuridik texnikumi o‘qituvchisi III darajali yurist M.I.Ro‘zmetov, Urganch shahar “Kamolot” mahalla yoshlar yetakchisi N.F.Xayitmuratovlar ham ishtirok qilishdi. Tadbir qatnashchilari o‘quvchilarga Bosh Qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha tushunchalar berishdi.Shuningdek, yangi tahrirdagi konstitutsiyamizda yoshlarga, ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor har bir yosh avlod uchun muhim ahamiyat kasb etishini e’tirof qilishib, 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok qilishga chorlashdi.Tadbir yakunida o‘quvchilar o‘zlari qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.





