Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / O'zbekiston yangiliklari » Prezident Shavkat Mirziyoyev Quva tumanidagi 1-sonli texnikumda yoshlarni zamonaviy kasblar va xorijiy tillarga oʻqitish ishlari bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Quva tumanidagi 1-sonli texnikumda yoshlarni zamonaviy kasblar va xorijiy tillarga oʻqitish ishlari bilan tanishdi

27-04-2026, 23:32
56
Prezidentimiz kasb oʻrganayotgan yoshlar bilan suhbatlashdi, ularning oʻqishi va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Texnikum binosida zamonaviy kasblarga oʻqitish va startaplarni qoʻllab-quvvatlash markazlari tashkil etilgan.

Xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda nemis va xitoy tillarini oʻqitish bilan birga logistika, qishloq xoʻjaligida dronlarni boshqarish, “aqlli” irrigatsiya, quyosh panellarini oʻrnatish va taʼmirlash kabi zamonaviy yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.

Dual taʼlim tizimi joriy etilib, 550 nafar oʻquvchi nazariy bilimlarni bevosita amaliyot bilan bogʻlagan holda olmoqda.

Startap markazi yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega. Bu yerda robototexnika, SMM, mobilografiya, dizayn kabi talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha ham oʻquv kurslari tashkil etilgan.
Loyiha doirasida 200 ta yangi ish oʻrni yaratiladi. Ushbu tajribani respublikadagi yana 10 ta qishloq xoʻjaligi texnikumida joriy etish rejalashtirilgan.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz