Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / O'zbekiston yangiliklari » Endi kasb o‘rganishni O‘zbekistonda boshlab, Germaniyada davom ettirish mumkin!

Endi kasb o‘rganishni O‘zbekistonda boshlab, Germaniyada davom ettirish mumkin!

20-05-2025, 09:15
13
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Germaniyaning “Askania Bildung” kompaniyasi (https://t.me/askaniabildung_ausbildung) bilan hamkorlikda 6 ta texnikumda nemis ta’lim dasturi asosida “Ausbildung” (nazariy va amaliy bilimlarni umumlashtirgan holda kasbni chuqur o‘rgatish) tizimi joriy qilindi.
Ushbu tizim asosida o‘qishga 17-26 yoshdagi fuqarolar qabul qilinadi.

O‘qish muddati 3 yil etib belgilangan bo‘lib, o‘quvchilar birinchi o‘quv yilini O‘zbekistonda, nemis tilidan B1 til sertifikatiga ega bo‘lganlar esa qolgan ikki yil dual ta’lim asosida Germaniyada tahsil oladilar.

Dastlabki bosqichda quyidagi 6 ta texnikumda 5 ta kasb bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlari tayyorlanadi.

🛠 Kasblar ro‘yxati:
•  Yuk avtomobili haydovchisi
•  Qurilish texnikasi ustasi
•  Ombor logistikasini boshqarish
•  Uskunalar mexanigi
•  Elektromontyor

“Ausbildung” tizimi joriy etilgan texnikumlar:
🏛 Toshkent transport texnikumi;
🏛 Buxoro transport va qurilish texnologiyalari texnikumi;
🏛 Samarqand shahar 2-son politexnikumi;
🏛 Samarqand shahar 3-son politexnikumi;
🏛 Xorazm qurilish va kommunal xo‘jaligi texnikumi;
🏛 Marg‘ilon qurilish va kommunal xo‘jaligi texnikumi.

Batafsil ma’lumot uchun bevosita yuqoridagi texnikumlar yoki quyidagi manzilga murojaat qilishlari mumkin:
📞 +998970993999
🔹 @Mekhriban_Askania

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz