Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / O'zbekiston yangiliklari » 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni

21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni

21-10-2025, 09:25
84
“E Voh” olimpiadasida mahoratli ustozlar poytaxtda jam bo‘ldi

19-oktyabr kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Bolalar Ombudsmani, UzReport Axborot agentligi, Xalqaro Nordik universiteti hamda IDC ta’lim markazi hamkorligida Erkin Vohidov nomidagi “E voh” respublika o‘zbek tili va adabiyoti fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur olimpiada ona tili va adabiyot fanini chuqur o‘rganish, mahoratli pedagoglarni aniqlash va rag‘batlantirish, eng muhimi — milliy til madaniyatini targ‘ib etishga qaratilgan madaniy-ma’rifiy tashabbus bo‘ldi.

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan ilk bor tashkil etilgan mazkur olimpiada respublika bo‘ylab 10 507 nafar o‘qituvchini o‘zida jamladi. Saralash bosqichidan o‘tgan 79 nafar ustoz final bosqichida bellashdi. Olimpiadada  test va insho yozish orqali  ishtirokchilarning bilimi hamda mahorati sinovdan o‘tkazildi. 

"E voh" olimpiadasi doirasida Adiblar xiyobonida ma’rifiy va adabiy uchrashuvlar ham tashkil etildi. “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Yozuvchilar uyushmasi a’zolari — Davron Rajab va Dadaxon Muhammadiy ishtirokida ijodiy suhbat va she’rxonlik kechasi o‘tkazildi.

Ma’rifiy tadbirlar bugun, 20-oktyabr kuni ham davom etadi.
Bizni kuzating
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz