“E Voh–2025” o‘zbek tili va adabiyoti olimpiadasi g‘olib va sovrindorlari munosib taqdirlandi
19–20-oktyabr kunlari Erkin Vohidov nomidagi “E Voh” respublika o‘zbek tili va adabiyoti fan olimpiadasining final bosqichi hamda “O‘zbek tili bayrami”ga bag‘ishlangan festival bo‘lib o‘tdi.10 mingdan ziyod o‘qituvchi ishtirok etgan bellashuvning finalida 79 nafar eng sara ustoz insho va test sinovlarida bilimini namoyish etdi.
G‘oliblarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zozaxon Karimova, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar Ombudsmani) Surayyo Rahmonova, UzReport agentligi Bosh direktori Ravshanxon Jo‘rayev hamda Nordik universiteti rektori Sherzod Mustafoqulov diplom, sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan tabrikladilar.
“E Voh–2025” ona tilimizning nufuzini oshiruvchi, ilmiy va madaniy hamkorlikni kuchaytiruvchi muhim maydonga aylandi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/94311
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni21-10-2025, 09:25
O‘zbekiston va Estoniya: ta’lim va ilm-fan sohasida yangi bosqich13-06-2025, 09:04
Oʻzbekiston vazirlari Budapeshtda talabalar bilan uchrashdi21-05-2025, 12:30
O‘zbekiston–Ispaniya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik mustahlamlanmoqda3-07-2025, 11:42
“Dolzarb 90 kun” doirasida amaliy ishlar izchil davom etmoqda10-06-2025, 19:30











