Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » HAMKORLIK YANADA MUSTAHKAMLAHMOQDA

HAMKORLIK YANADA MUSTAHKAMLAHMOQDA

Сегодня, 15:38
6
Xitoy Xalq Respublikasining Chunsin shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasi Chunsin universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.Uchrashuvda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov boshchiligidagi delegatsiya, shuningdek, Chunsin universiteti prezidenti Van Shuxin va boshqa rahbarlar ishtirok etdi.
Tadbir universitetning tarixiy muzeyiga tashrif hamda o‘zbek talabalar bilan uchrashuv bilan boshlandi. So‘ng O‘zbekiston bilan oliy ta’lim, fan va texnologiya sohalarida almashinuv va hamkorlikni chuqurlashtirish, O‘zbekistonda universitetning filiali (kampusi)ni tashkil etish imkoniyatlari hamda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti bilan strategik hamkorlik bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasini imzolash muhokama qilindi.
Muzokaralar natijasida ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirishga doir hujjatlar imzolandi. Mazkur tashrif Xitoyda tashkil etilgan birinchi “O‘zbekiston–Xitoy kasbiy ta’lim forumi” doirasida amalga oshirildi. Forumda 100 dan ortiq Xitoy kollej direktorlari va kompaniya vakillari, O‘zbekiston tomondan esa 23 nafar texnikum direktorlari va hududiy boshqarma rahbarlari qatnashgan edi.
Forum va uchrashuv doirasida qayta tiklanuvchi energiya, transport, sun’iy intellekt, tibbiyot, axborot xavfsizligi va boshqa yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma tashabbuslar muhokama qilindi

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz