Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / O'zbekiston yangiliklari » Matbuot tarixi – Uyg‘onish davri tarixining bir bo‘lagidir!

Matbuot tarixi – Uyg‘onish davri tarixining bir bo‘lagidir!

28-06-2025, 11:29
23
Prezident Shavkat Mirziyoyev matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik (https://president.uz/uz/lists/view/8269) yo‘lladi.
Qayd etilishicha, Respublikada 2 ming 400 ga yaqin ommaviy axborot vositalari faoliyat olib boradi. Shundan 65 foizi nodavlat sektor hissasiga to‘g‘ri keladi. Ulardan foydalanuvchilar soni 14,7 milliondan 32,7 millionga yetgan.  

“Bepoyon mediaolamda xolis va haqqoniy axborot tarqatish bilan birga, milliy manfaatlarimizni qat’iy himoya qiladigan jurnalist ahlining mashaqqatli mehnatini muqaddas sarhadlarimizda sergak turgan Vatan posbonlarining jasoratiga qiyoslasak, o‘ylaymanki, o‘rinli bo‘ladi”, deyiladi tabrikda.

Shuningdek, kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlarga ham urg‘u berilgan: 
— Ommaviy axborot vositalari xodimlarining mashaqqatli mehnatini qadrlash, ijodiy jamoalarni qo‘llab-quvvatlash, sohaning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash bundan buyon ham Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz