O‘zbekistonda birinchi chorakdagi tug‘ilishlar soni 2022-yildan buyon eng kam ko‘rsatkichni qayd etdi
O‘zbekistonda 2025-yilning dastlabki choragida 198,1 ming nafar bola tug‘ilgan. Bu 2022-yildan buyon ushbu davr uchun eng kam ko‘rsatkich hisoblanadi. Shuningdek, bu davrda 41,4 ming o‘lim qayd etilgan. Bu 2021-yildan buyon eng yuqori ko‘rsatkich.
O‘zbekistonda 2025-yilning dastlabki choragida 198,1 ming nafar bola tug‘ildi, bu 2022-yildan buyon eng kam ko‘rsatkich. Ushbu ma’lumot Statistika qo‘mitasi e’lon qilgan mamlakatning demografik ko‘rsatkichlarida aks etgan.Tug‘ilish va o‘lim
O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-mart oylarida qayd etilgan tirik tug‘ilganlar soni 198,1 ming kishini, har ming aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti 21,4 promilleni tashkil etdi. Tug‘ilganlar soni 2025-yilning yanvar-mart oylarida 2024-yilning mos davriga nisbatan 7,6 ming nafarga kamaygan. Bu 2022-yildan buyon eng kam ko‘rsatkich hisoblanadi.Vafot etganlar soni 41,4 ming kishini, har ming aholiga nisbatan o‘lim koeffitsiyenti 4,5 promilleni tashkil etdi. Vafot etganlar soni 2025-yilning yanvar-mart oylarida 2024-yilning mos davriga nisbatan 1,2 ming nafarga ko‘paygan. Bu 2021-yildan buyon eng yuqori ko‘rsatkich.
Respublikada tirik tug‘ilganlar soni 198,1 ming kishini, shundan o‘g‘il bolalar soni 102,1 ming kishini (jami tug‘ilganlar soniga nisbatan 51,5 foiz), qiz bolalar soni 96 ming kishini (48,5 foiz) va shahar joylarida 97 ming kishini (48,9 foiz), qishloq joylarida 101,1 ming kishini (51,1 foiz) tashkil etdi.
Respublikada vafot etganlar soni 41,4 ming kishini, shundan erkaklar 22,8 ming kishini (jami vafot etganlar soniga nisbatan 55 foiz), ayollar 18,6 ming kishini (45 foiz) va shahar joylarida 22,4 ming kishini (54,1 foiz), qishloq joylarida 19 ming kishini (45,9 foiz) tashkil qildi.

Nikoh va ajrim
O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-mart oylarida qayd etilgan nikohlar soni 43,8 ming birlik, har ming aholiga nikoh koeffitsiyenti 4,7 promilleni tashkil etdi. Nikohlar soni 2025-yilning yanvar-mart oylarida 2024-yilning mos davriga nisbatan 4,8 mingtaga kamaygan. Nikohdan ajralishlar soni 11,5 mingtani, har ming aholiga nisbatan ajralish koeffitsiyenti 1,2 promilleni tashkil etdi. Ajralishlar soni 2025-yilning yanvar-mart oylarida 2024-yilning mos davriga nisbatan o‘zgarmagan.Respublikada qayd etilgan nikohlar shahar joylarida 20,8 mingtani (47,4 foiz), qishloq joylarida 23 mingtani (52,6 foiz) tashkil etdi. Respublikada nikohdan ajralishlar soni 11,5 mingtani, shundan shahar joylarida 7 mingtani (61 foiz), qishloq joylarida 4,5 mingtani (39 foiz) tashkil qildi.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
SSV: bolalar o'rtasida irsiy kasalliklarning oldini olish choralari ko'riladi4-03-2024, 13:06
“Milliy libos -ma'naviyat ko'zgusi” chеllеndji shukuhi7-02-2025, 11:00
Shavkat Mirziyoyev Xorazmda13-06-2023, 20:52
Diqqat, e’lon!8-02-2025, 10:00
Urganchda “Konstitutsiya o'zimizniki” targ'ibot tadbiri26-03-2023, 20:53