Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / O'zbekiston yangiliklari » SSV: bolalar o'rtasida irsiy kasalliklarning oldini olish choralari ko'riladi

SSV: bolalar o'rtasida irsiy kasalliklarning oldini olish choralari ko'riladi

4-03-2024, 13:06
147
"O'zbekiston – 2030" strategiyasini "yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturining 15-maqsadi — bolalar o'rtasidagi irsiy kasalliklarning oldini olish va davolash samaradorligini oshirish doirasida:




3-18 yoshli 9,8 mln nafar bolalar onkogematologik kasalliklarni erta aniqlash bo'yicha ommaviy va selektiv skriningdan;
900 ming nafar chaqaloqlar tug'ma gipotireoz, fenilketonuriya xastaliklarini aniqlash bo'yicha neonatal skriningdan;
6 ta lizosomal (Goshe, Pompe, Fabri, Krabbe, A va V turdagi Nimmana-Pika kasalliklari hamda I tipi) xastaliklarga ko'rsatma asosida xavf guruhiga kiruvchi 15 ming nafar chaqaloq va bolalarda har yili selektiv skrining;
229 ta tug'ruq muassasalarida yangi tug'ilgan chaqaloqlar eshitish qobiliyatini aniqlash bo'yicha audioskriningdan o'tkaziladi.

Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.


Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz