JSST: 85 desibeldan yuqori davomli shovqin xavfli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin
2024-12-03 14:35:00 / Yangiliklar
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan shovqinning inson hayotiga zararli ta'siri bo'yicha o'tkazilgan tadqiqot natijalari Buyuk Britaniyaning nufuzli "The Lancet" xalqaro ilmiy jurnalida chop etildi.
Unda qayd etilishicha, 85 desibeldan yuqori 8 soatlik davomli shovqin yurak-qon tomir va ovqat hazm qilish tizimlari xastaliklarini keltirib chiqarishi mumkin.
Shuningdek, ushbu holat bosh miya va eshitish organlari o'rtasidagi aloqani izdan chiqarishi ehtimoli yuqori. Oqibatda eshitish qobiliyatining to'liq yo'qolishi, quloqda shovqin paydo bo'lishi bilan bog'liq patologiyalar yuzaga keladi.
JSST tahlillariga ko'ra, hozir Evropada katta yoshli har etti kishidan biri tinnitusdan aziyat chekmoqda.
Qolaversa, baland tovushlar uyqusizlik, stress, asab tizimi muammolari va immunitet zaiflashishiga olib kelishi mumkin. Bu esa surunkali kasalliklar rivojlanish xavfini oshiradi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
Matbuot xizmati.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
SSV: bolalar o'rtasida irsiy kasalliklarning oldini olish choralari ko'riladi4-03-2024, 13:06
14 iyun - Xalqaro qon berish donorlar kuni14-06-2023, 21:07
Sog'liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug'i bilan Nosirova Ra'no Rahimovna hamshiralar akademiyasi rektori etib tayinlandi17-09-2024, 11:07
VMning 395-sonli qarori31-03-2023, 14:18
Kitob - mening do`stim ko`rik tanlovi25-10-2024, 15:31