Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » Kitob - mening do`stim ko`rik tanlovi

Kitob - mening do`stim ko`rik tanlovi

25-10-2024, 15:31
68

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-oktabrdagi 3/15-52-1361-sonli xatiga asosan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 30-sentabrdagi 361-sonli buyrug‘i hamda Xorazm viloyati Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar boshqarmasining 2024-yil 17-oktabrdagi HB-881-sonli topshiriq xati   ijrosini ta’minlash maqsadida Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi  texnikumida “Kitob mening do‘stim”  ko‘rik-tanlovining 1-2-bosqichlari yuqori saviyada o‘tkazildi.Ko‘rik-tanlov o‘tkazilishida tanlov Nizomi talablariga qat’iy amal qilindi. Ko‘rik-tanlovining 1-2 bosqich qatnashchilarini ob’yektiv  baholash maqsadida TTA Urganch filiali tajribali mutaxassislari va o‘qituvchilardan   hakamlar hay’ati tuzildi.           

Joriy yilning 25-oktabr kuni   Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi  texnikumida o‘quvchilar-yoshlar  o‘rtasida badiiy asarlarning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini targ‘ib qilish maqsadida   “Kitob mening do‘stim”  respublika ko‘rik-tanlovining texnikum bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda ishtirokchilar 3 shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.   Tanlov natijalariga ko‘ra “Hamshiralik ishi” yo‘nalishi 2-kurs 1-guruh o‘quvchisi Otajanova Ruxsatjon Shokir qizi eng yuqori ball to‘plab keyingi bosqichda ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. “Yosh kitobxon” to‘garagi ishtirokchilari tomonidan sahnalashtirilgan G‘afur G‘ulomning “Shum bola” asaridan parcha barchada katta tassurot   qoldirdi.




Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz