14 iyun - Xalqaro qon berish donorlar kuni

Jahon sog'liqni saqlash vazirlari 2005 yil may oyida bo'lib o'tgan Butunjahon sog'liqni saqlash assambleyasida bir ovozdan ixtiyoriy ravishda qon topshirishga sodiqlik va qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi bayonotni qabul qildilar va WHA58.13 qarorida har yili 14 iyun kuni Butunjahon qon donorlari kunini nishonlashga qaror qildilar.
14 iyun sanasi odamlarda qon guruhlarini kashf etganligi uchun 1930 yilda fiziologiya yoki tibbiyot bo'yicha Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan avstriyalik shifokor va immunolog Karl Landshtayner (1868-1943) tug'ilgan kuniga to'g'ri keladi.
Butunjahon donorlar kuni dunyoning 192 mamlakatida nishonlanadi. U o'ziga xos va boshqalardan farq qiladi, deb bemalol aytish mumkin. Bu qon donorlarining ulkan ahamiyatini unutmasligimiz uchun yaratilgan.
Evropaliklar va amerikaliklar qon topshirishga ko'proq vijdonan qarashadi. Evropada 1000 kishiga 40 donor, AQShda esa 60 donor to'g'ri keladi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
30-iyun - Yoshlar kuni30-06-2023, 21:37
15-may - Xalqaro oila kuni15-05-2023, 08:59
Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda - birga yuguramiz25-06-2023, 21:34
Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda - birga yuguramiz25-06-2023, 21:32
Bugun O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov kuni9-07-2023, 22:00