Ishonch telefoni

VMning 395-sonli qarori

31-03-2023, 14:18
175

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, chet tilini bilish darajasi bo‘yicha tegishli sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi o‘rinlarda Davlat test markazi deb ataladi), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligining taklifiga muvofiq 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish sinovlarida quyidagi imtiyozlar belgilansin:

a) test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili (ingliz, nemis, fransuz, ispan, turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, italyan, yapon tillari) (keyingi o‘rinlarda chet tili deb ataladi) birinchi (asosiy) fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat (keyingi o‘rinlarda milliy sertifikat deb ataladi) yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:

ingliz tili uchun — milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

yapon tili uchun — milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

nemis tili uchun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

fransuz tili uchun — milliy sertifikat yoki Diplôme d'Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

b) test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili birinchi (asosiy) bo‘lmagan fan sifatida kiritilgan boshqa bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga (Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bundan mustasno) hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:

ingliz tili uchun — milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 4,5), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 42), Cambridge Assessment English PET xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;

yapon tili uchun — milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 3) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;

nemis tili uchun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;

fransuz tili uchun — milliy sertifikat yoki Diplôme d'Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;

boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;

v) Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:

ingliz tili uchun — milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5 (bunda writing modulidan 5,5 ball)), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE va CAE xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

yapon tili uchun — milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

nemis tili uchun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD II) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

fransuz tili uchun — milliy sertifikat yoki Diplôme d’Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF4) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

g) kirish sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili fani kiritilgan magistratura mutaxassisliklariga (Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura mutaxassisliklari bundan mustasno) hujjat topshirgan milliy sertifikat yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega bo‘lgan talabgorlarga mazkur fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:

   Oldingi tahrirga qarang.

ingliz tili uchun — milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE, Cambridge Assessment English Linguaskill xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

   (1-bandning yigirma birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.02.2022-y., 09/22/73/0141-son)

yapon tili uchun — milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

nemis tili uchun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

fransuz tili uchun — milliy sertifikat yoki Diplôme d'Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori.

Toshkent davlat yuridik universitetining magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatlarning tegishli darajalariga ega bo‘lgan abituriyentlarga Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibiga muvofiq chet tili fanidan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.

2. 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili fani kiritilgan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball berilishi nazarda tutilsin:

   Oldingi tahrirga qarang.

ingliz tili uchun — milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5 (bunda Toshkent davlat yuridik universiteti uchun writing modulidan 5,5 ball)), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE, Cambridge Assessment English Linguaskill xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

   (2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.02.2022-y., 09/22/73/0141-son)

yapon tili uchun — milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

nemis tili uchun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

fransuz tili uchun — milliy sertifikat yoki Diplôme d’Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Française (TCF4) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori.

3. 2019-yilga qadar Davlat test markazi tomonidan berilgan milliy sertifikatning imtiyozi ushbu sertifikatlarning amal qilish muddati davrida saqlanib qolinsin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

5. Davlat test markazi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M.M. Karimov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2019-yil 13-may,

395-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 395-son qaroriga
 
ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

1. Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 11-avgustdagi 610-son qarorining 3-bandida:

a) birinchi xatboshidagi “3” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin;

b) uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;

v) beshinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.

   Oldingi tahrirga qarang.

   (2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.02.2022-y., 09/22/73/0141-son)

 

   (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2019-y., 09/19/395/3115-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.02.2022-y., 09/22/73/0141-son)

Qarorning lex.uz dagi havolasi
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz