Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / O'zbekiston yangiliklari » 30-iyun - Yoshlar kuni

30-iyun - Yoshlar kuni

30-06-2023, 21:37
271
Yangi O‘zbekiston yoshlari 30-iyun "Yoshlar kuni" muborak bo‘lsin!
Biz butun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi nomidan bugungi muhim sana - Yoshlar kunida barcha yoshlarga mustahkam sihat-salomatlik, bilim olish, kasb-hunar o‘rganish va izlanishdan to‘xtamaslik, eng asosiysi, ota-onangiz, oilangiz, yaqinlaringiz, do‘st, tengdoshlaringiz ishonchini oqlab,  ezgu maqsadlaringizga erishishingizda muvaffaqiyat tilaymiz!
G‘oyalaringiz, shijoatingiz va pok qalbingizdagi nurni hech ham so‘ndirmang, do‘stlar!
Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!

30-iyun - O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi tashkil topgan kun.
1996-yilda tashkil etilgan  Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati negizida, 2017-yili tashkil topgan.
Ittifoqning rahbar organlariga quyidagilar kiradi:
— Qurultoy;
— Markaziy Kengash;
— Markaziy Kengash Ijroiya qo‘mitasi;
— Markaziy nazorat-taftish komissiyasi.

Ittifoqning tuzilmasiga quyidagilar kiradi:
— Ittifoqning Markaziy apparati;
— Ittifoqning hududiy tuzilmalari;
— Ittifoqning mahalliy tuzilmalari;
— Ittifoqning boshlang‘ich tashkilotlari;
— Ittifoqning to‘liq muassisligidagi yoki qoshidagi korxona, tashkilot va muassasalar, shu jumladan ommaviy axborot vositalari.
 Shuningdek, Ittifoq va uning alohida bo‘linmalari qoshida tegishli ravishda bolalar yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat olib boruvchi „Kamalak“ shoʻbalari tashkil qilinadi. Ular Ittifoq va uning alohida bo‘linmalarining sho‘basi hisoblanadi. 
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz