Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Сегодня, 09:10
6
Joriy yilning 4-iyun kuni Xorazm viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i O. Saidov Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi  o‘quvchi-yoshlari uchrashdi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini tinglash, ta’lim jarayonidagi mavjud masalalarni muhokama qilish hamda ularning kelajakdagi reja va maqsadlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish va klinik amaliyotlarni takomillashtirish, bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatiga qiziqayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.
Uchrashuv davomida O. Saidov tomonidan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy bilim va kasbiy ko‘nikmalarni egallash, innovatsion g‘oyalarni ilgari surish hamda mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yoshlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berilib, ularning murojaat va takliflari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz