Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Rahbar va yoshlar uchrashuvi

27-03-2026, 11:01
52
2026-yil 26-mart kuni Urganch  Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda Xorazm viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi bosh mutaxassisi Sh. Sharipova , Urganch shahar hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i R. Davletova,  hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Urganch innovatsion universiteti dotsenti, “Shuhrat” medali sohibasi  S. Samandarovalar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi. Ishtirokchilar tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, ta’lim sifati va ma’naviy tarbiya masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mutasaddilar yoshlarni jamiyat hayotida faol bo‘lishga, o‘z iqtidor va imkoniyatlarini to‘liq namoyon etishga chaqirdilar. Tadbir samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tib, yoshlar uchun foydali tavsiyalar berildi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz