Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » DIREKTOR VA TALABALAR UCHRASHUVI

DIREKTOR VA TALABALAR UCHRASHUVI

28-01-2025, 10:58
74
2025-yilning 28-yanvar kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi direktori M.M.Axmedova  bilan  texnikum talabalari ishtirokida “Direktor va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.Direktorning yoshlar bilan uchrashuvi ochiq muloqot tarzida va motivatsion ruhda boʼlib o‘tdi.
Uchrashuv avvalida mamlakatimizdagi  ta’lim tizimidagi islohotlar haqida so‘z bordi.   
Ushbu uchrashuvda taʼlim muassasasi rahbari M M.Axmedova talaba-yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, jamiyatdagi jarayonlarda faol ishtirok etishlari yuzasidan taklif va tashabbuslarni gapirib, talabalarga har qanday yordam va ko‘mak zarur bo‘lsa, doim qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.  M.M.Axmedova davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va ta’lim sohasidagi islohotlar haqida gapirib  kelajak egasi sifatida bugungi kun yoshlarini tinimsiz ravishda o‘z ustida ishlashga, mustahkam ilm olishga, xorijiy tillarni oʼrganishga, yurt ravnaqi yoʼlida maqsadga intilishga chaqirdi. 
Samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv davomida direktor M.M.Axmedova talaba-yoshlarni yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli va samarali foydalanishga chaqirdi va rejalashtirish orqali maqsadlarga erishish mumkinligini ta’kidlab, o‘z ustida ishlash bo‘yicha talabalarga ko‘rsatmalar berdi. Ochiq muloqot davomida talabalar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz