Ishonch telefoni

Ichki turizm

16-05-2026, 10:44
27
2026-yil 16-may kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi talabalari uchun ichki turizmni rivojlantirish, yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish hamda tarixiy-madaniy merosimizni keng targ‘ib etish maqsadida Xiva shahriga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida talabalar Xiva shahridagi tarixiy obidalar, me’moriy yodgorliklar va muqaddas qadamjolar bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir yoshlarning milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalanishi, ularda Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va tarixiy merosimizga daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy sayohat talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ichki turizmni keng targ‘ib qilish hamda yoshlar o‘rtasida madaniy-ma’rifiy muhitni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz