“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 10–12-aprel kunlari Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.Sayohat davomida ishtirokchilar Samarqand shahrining ko‘hna va betakror tarixiy obidalari — Registon maydoni, Amir Temur maqbarasi, Shohi Zinda hamda Imom Buxoriy majmuasi kabi muqaddas va diqqatga sazovor maskanlarga tashrif buyurib, ularning boy tarixiy ildizlari hamda yuksak madaniy-ma’naviy ahamiyati bilan batafsil tanishdilar.
Shuningdek, sayohat dasturi doirasida ishtirokchilar uchun mazmunli madaniy hordiq tadbirlari tashkil etildi. Mazkur tadbirlar milliy qadriyatlarimiz va boy tarixiy merosimizga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlash, shuningdek, jamoa a’zolari o‘rtasida hamjihatlik va o‘zaro hamkorlik muhitini rivojlantirishga xizmat qildi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
# MUZEYGA TASHRIF8-01-2026, 15:06
Talabalarning muzeylarga tashrifi7-03-2025, 15:00
“Milliy libos — bu tarix, qadriyat va g‘urur timsoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati o‘tkazildi24-02-2026, 09:34
"Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” shiori ostida tadbir14-02-2025, 12:30
"Ayollarni e'zozlash" oyligi6-03-2026, 13:26











