Ishonch telefoni
Bosh sahifa » TEXNIKUM FAOLIYATI / Fotolavhalar » Talabalarning muzeylarga tashrifi

Talabalarning muzeylarga tashrifi

7-03-2025, 15:00
43
“Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” shiori ostida talaba- o‘quvchilar o‘rtasida milliy qadriyatlarimizni,tarix va madaniyatamizni keng targ‘ib qilish,milliy o‘zlikni anglash hamda tarixga bo‘lgan qiziqishini oshirish, milliy meros va tarixga hurmat tuyg‘usini shakllantirish maqsadida maqsadida “Talabalarning muzeylarga tashrifi”  loyihasini amalga oshirish maqsadida Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o‘quvchilari  2025-yil 7-mart kuni  “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida, talabalar muzeyning turli bo‘limlari bilan tanishdilar va muzey xodimlari tomonidan uyushtirilgan ma’ruza va qo‘llanmalardan foydalandilar. Bular orqali ular o‘z bilimlarini boyitdilar va tarixiy hodisalarga bo‘lgan tushunchalarini kengaytirdilar. Bu kabi tashriflar talabalar o‘rtasida milliy g‘urur va mas’uliyat hissini uyg‘otib, ularni o‘z mamlakatlarining madaniy va tarixiy merosini saqlash va unga hurmat bilan qarashga undaydi.Tarixiy obidalar va muzeylarga tashriflar talabalarga nafaqat o‘z milliy meroslarini yaqindan tanish imkonini beradi, balki ularning kelajakda o‘z mamlakatlarining rivojlanishi va gullab-yashnashida faol ishtirok etishlari uchun zarur bo‘lgan muhim saboqlarni ham beradi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz