Yoshlar bilan ochiq muloqot – muammolarga amaliy yechim
2026-yil 12-mart kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Payshanba – yoshlar kuni munosabati bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur tadbirda Xorazm viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari San’at Kamilovich Salayev ishtirok etdi.Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan uchrashuv davomida o‘quvchi-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, mavjud muammolar hamda takliflar bilan bevosita murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Muloqot jarayonida “Hamshiralik ishi” yo‘nalishi 1-kurs 10-guruh o‘quvchisi Quronboyeva Zulayho o‘zining ijtimoiy holati yuzasidan murojaat qilib, boquvchisini yo‘qotgani sababli kontrakt to‘lovining qolgan qismini to‘lashda qiyinchilikka duch kelayotganini ma’lum qildi.
2026-yil 30-aprel kuni Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari S.K. Salayev tomonidan talabaning kontrakt to‘lovining qolgan qismi to‘liq qoplab berildi.
Mazkur amaliy yordam yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolariga e’tibor qaratish hamda ijtimoiy himoyani kuchaytirish borasida olib borilayotgan ishlarning yana bir muhim ifodasi bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga, bunday ezgu sa’y-harakatlar yoshlarning ta’lim olishga bo‘lgan intilishini yanada rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring











