“Zakovat”
Joriy yilning 20-yanvar kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Mazkur tadbir o‘quvchilarning erkin fikrlash, mantiqiy xulosa chiqarish hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida o‘tkazildi.Intellektual bellashuvda ta’lim muassasasining 1-bosqich guruhlaridan tuzilgan jamoalar faol ishtirok etib, bilim va topqirlik borasida o‘zaro musobaqalashdilar. Savollar tarix, huquqshunoslik, adabiyot, sport, texnika hamda mantiqiy fikrlash yo‘nalishlarini qamrab olib, o‘quvchilarning keng qamrovli bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Mediklar” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. G‘oliblar va faol ishtirokchilar texnikum ma’muriyati tomonidan munosib rag‘batlantirildi.
Mazkur kabi intellektual musobaqalar o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish, bilimga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda ularning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.











