Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » “Biz milliy liboslarimizni qadrlaymiz!”

“Biz milliy liboslarimizni qadrlaymiz!”

Сегодня, 09:54
4
2026-yil 10-aprel kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Biz milliy liboslarimizni qadrlaymiz!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirning asosiy maqsadi o‘quvchi-yoshlar ongida milliy qadriyatlarimizga hurmatni oshirish, o‘zbek xalqining boy madaniy merosi va an’anaviy liboslariga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan sahna ko‘rinishlari, she’rlar va kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, milliy urf-odatlarimiz tarannum qilindi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, barchaga unutilmas taassurot qoldirdi.
Bunday tadbirlar yosh avlodni milliy o‘zlikni anglash, ajdodlar merosini asrab-avaylash hamda kelajak avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz