Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida "Ochiq eshiklar" kuni bo‘lib o‘tdi.

Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida "Ochiq eshiklar" kuni bo‘lib o‘tdi.

8-04-2026, 09:41
19
Joriy yilning 7–8-aprel kunlari texnikumimizda maktab bitiruvchilari uchun keng qamrovli “Ochiq eshiklar kuni” hamda tanishtiruv ekskursiyasi tashkil etildi. Mazkur tadbir yoshlarning kelajak kasbini ongli ravishda tanlashlariga ko‘maklashish, ularni tibbiyot sohasiga qiziqtirish va texnikum faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida o‘tkazildi.
Tadbirda viloyatimizdagi 10 ta umumta’lim maktabidan jami 197 nafar o‘quvchi hamda ularning ustozlari faol ishtirok etdilar. 
Ekskursiya davomida o‘quvchilar zamonaviy jihozlangan trening zallari, laboratoriyalar, amaliy mashg‘ulot xonalari hamda innovatsion o‘quv muhitlari bilan yaqindan tanishdilar. Ularga o‘quv jarayoni, mavjud yo‘nalishlar, qabul shartlari va talabalarga yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, tajribali o‘qituvchilar va mutaxassislar tomonidan mahorat darslari ham tashkil etilib, o‘quvchilar amaliy ko‘nikmalar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, ularga atroflicha va tushunarli javoblar oldilar. Bu esa ularning kasb tanlash borasidagi qarorlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Kelajakda tibbiyot sohasini tanlashni maqsad qilgan barcha yoshlar uchun texnikumimiz eshiklari doimo ochiq. 
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz