Urganch tibbiyot texnikumida raqamli xizmatlardan foydalanish bo‘yicha o‘quv-seminar
Bugun Urganch tibbiyot texnikumida my.gov.uz – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali faoliyati bo‘yicha mas’ul xodimlar ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Tadbir davomida:
🔹 Talabalar va pedagog xodimlarga portalning imkoniyatlari, undagi mavjud xizmatlar va ularni qanday tartibda ishlatish mumkinligi haqida batafsil tushuntirish berildi.
🔹 Davlat xizmatlarini olishda vaqtni tejash, onlayn murojaatlar yuborish, elektron arizalar orqali hujjatlarni rasmiylashtirish kabi amaliy imkoniyatlar ko‘rsatib o‘tildi.
🔹 Portal orqali oliy ta’lim, sog‘liqni saqlash, soliq, kommunal xizmatlar va boshqa ko‘plab sohalarga oid xizmatlardan foydalanish tartibi amaliy ko‘rinishda namoyish qilindi.
🔹 Talabalar hamda o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va mutaxassislar ularga to‘liq javob qaytarishdi.
📌 Ushbu o‘quv-seminar texnikumimizda raqamli madaniyatni shakllantirish, davlat xizmatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishda muhim qadamlardan biri bo‘ldi.


