“Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir!” shiori ostida bayram sayli o‘tkazildi
19-mart kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida Navro‘z bayrami munosabati bilan “Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir!” shiori ostida bayram sayli o‘tkazildi. Unda arqon tortish, milliy an’analarimiz — kelin salom, yor-yor, beshik to‘yi, alla kabi urf-odatlar sahna ko‘rinishlari orqali namoyish etildi.Tadbir davomida o‘quvchilar va ustozlar milliy liboslarda ishtirok etib, bahorning kirib kelishi, tabiatning uyg‘onishi va inson qalbidagi yangilanish jarayonlarini tarannum etdilar. Shuningdek, milliy taomlar ko‘rgazmasi tashkil etilib, sumalak, halim va boshqa bahoriy ne’matlar mehmonlarga tortiq qilindi.
Bayram sayli ko‘tarinki ruhda o‘tib, yoshlar qalbida milliy qadriyatlarimizga hurmat va ehtiromni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.


Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.











