Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » Ta’lim muassasamizda Navro'z bayrami shukuhi kezmoqda

Ta’lim muassasamizda Navro'z bayrami shukuhi kezmoqda

17-03-2025, 15:00
42
🌸🌸🌸21-mart Navro'z bayrami munosabati bilan Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamaot salomatligi texnikumida joriy yilning 14-mart kuni “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida Navro‘z sayli  yuqori saviyada keng nishonlandi. Bayram sayliga Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i N.M.Kutlimuratova,  Xorazm viloyati Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Z.Ya.So’dullayevlar ham  taklif qilindi.Tadbir avvalida mehmonlar  texnikum jamoasini, o‘quvchi yoshlarni  bayram bilan samimiy qutlashdi. Tadbir davomida sharqona yangi yil boshlanadigan qutlug‘ kun — Navro‘zi olam asrlar davomida bahor, ezgulik, mehr-oqibat, mehnat va bunyodkorlik ramzi sifatida el-yurtimizning ijtimoiy-ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin tutib kelayotgani e’tirof etildi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz