Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » 14-YANVAR – VATAN HIMOYACHILARI KUNI!

14-YANVAR – VATAN HIMOYACHILARI KUNI!

14-01-2026, 15:03
51
Bugun Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayramona tadbirlar ko‘tarinki ruhda boshlandi. Texnikum talabalari tomonidan  «Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni!» mavzusida tashkil etilgan bayram tadbiri Vatanga sadoqat, jasorat va fidoyilik g‘oyalarini ulug‘ladi. Tadbir davomida vatanparvarlik ruhidagi chiqishlar, sahna ko‘rinishlari hamda musiqiy chiqishlar namoyish etilib, barchaga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.Shuningdek, tadbir doirasida "Vatanparvarlar bellashuvi’"tashkil qilindi va unda bahs-munozaralar, intellektual va sport musobaqalari orqali ishtirokchilar ko‘tarinki ruhda o‘z kuch va bilimlarini namoyish etdilar.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz