# Seminar
Joriy yilning 18-dekabr kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida valeologiya fanidan “Tibbiy valeologiyaning asosiy maqsadi” mavzusida seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.Seminarda Urganch davlat tibbiyot instituti Jamoat salomatligi va umumiy gigiyena kafedrasi dotsenti Yusupova Orzigul Bobojonovna ishtirok etib, mavzu yuzasidan mazmunli va ilmiy-amaliy ahamiyatga ega ma’ruzalari bilan qatnashdilar. Ularning chiqishlari seminar ishtirokchilarida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish va tibbiy valeologiyaning ahamiyati haqida keng tushunchalar hosil qildi.
Mazkur seminar yetakchi o‘qituvchi D. Yangiboyeva tomonidan puxta reja asosida tashkillashtirildi. Tadbir yuqori saviyada o‘tib, talaba-yoshlarning bilim va dunyoqarashini yanada boyitishga xizmat qildi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Ta'lim muassasasida “Oila hamshirasi " to‘garagi o'tkazildi21-08-2025, 15:03
"A, B, C, D avitaminozlari, bemorlarning shikoyatlari, klinikasi , davolash va oldini olish choralari" mavzusida amaliy mashg‘ulot9-12-2025, 11:53
Variant 1 Tibbiyotda axborot texnologiyalaridan foydalanishning asosiy maqsadi nima? Papka yaratish uchun klaviaturada qaysi qisqa buyruq ishlatiladi? Arxivlangan axborotni arxivdan chiqarish qanday jarayon orqali amalga oshiriladi? Variant 2 Wi9-12-2025, 11:49
Urganch tibbiyot texnikumida raqamli xizmatlardan foydalanish bo‘yicha o‘quv-seminar18-09-2025, 12:57
"Doimiy harakatdagi malaka oshirish kursi"25-04-2025, 16:47











