“1-dekabr –Butunjahon OITS ga qarshi kurash kuni” ga bag‘ishlangan “Sog‘lom hayot sari birgalikda!” shiori ostida yoshlar o‘rtasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida joriy yilning 30-noyabr kuni “1-dekabr –Butunjahon OITS ga qarshi kurash kuni” ga bag‘ishlangan “Sog‘lom hayot sari birgalikda!” shiori ostida yoshlar o‘rtasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda viloyat OITS ga qarshi kurashish markazi shifokori Sh.S.Ataxanov, O‘zbekiston hamshiralar assosiatsiyasi Xorazm viloyati bo‘linmasi raisi N.R.Ibragimova,viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bosh hamshirasi B.S.Matchanova, O‘zbekiston bolalar va oilalarni qo‘llab- quvvatlash assosiatsiyasi Xorazm viloyati hududiy bo‘limi raisi K.Y.Sobirova, Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot kutubxonasi markazi xodimi I.J.Matsapayevalar yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish yuzasidan o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Tadbirda OITS va giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan ijtimoiy videorolik namoyish etildi. OITSni kelib chiqishi va uning zararli oqibatlari tushuntirildi. Talabalar tomonidan tayyorlangan yangi oilaning mustahkamligi va tug‘ilajak farzandlarning barkamolligini ta’minlashda nikohdan oldingi tibbiy ko‘rikning ahamiyati to‘ g‘risidagi sahna ko‘rinishi barchaga manzur bo‘ldi. O‘quvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Tadbir yakunida ishtirok qilgan talabalar faxriy yorliq va estalik sovg ‘alar bilan taqdirlanishdi.




