Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » Texnikum direktori TTJdagi yoshlar bilan uchrashdi

Texnikum direktori TTJdagi yoshlar bilan uchrashdi

7-11-2025, 09:10
58
Bugun 7-noyabr kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi direktori M.M.Axmedova “Talabalar turar joyi”da istiqomat qiluvchi  talabalar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida o‘quv jarayonlari, ma'naviy-tarbiyaviy yo'nalishlardagi masalalar, shuningdek, ta’lim muassasasining ichki-tartib qoidalariga rioya qilish, “Talabalar turar joyi”da yaratilgan shart-sharoitlar kabi qator masalalar yuzasidan muloqot qilindi. Talabalar turar joyi sharoiti bo'yicha yoshlarning fikr-mulohazalari tinglandi. Iqtidorli va tashabbuskor talabalar tomonidan bir qancha takliflar berildi.
Direktor har bir talabaning fikri rahbar uchun muhim ekanligini ta'kidlab, talabalarning intilishlari, orzu va maqsadlarini har doim qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini, bu borada   murojaat qilishlari mumkinligini aytib o‘tdi.
Maʼlumot uchun, binoda yoshlarga qulaylik yaratish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli yo‘lga qo‘yish maqsadida "Besh tashabbus xonasi",  “Maʼnaviyat xonasi”, “Qiroatxona” lar tashkil qilingan.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz