ДIREKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

Direktorning yoshlar bilan uchrashuvi ochiq muloqot tarzida va motivatsion ruhda boʼlib o‘tdi. Uchrashuvda direktor M.M.Axmedova Xitoy xalq Respublikasi hamda O‘zbekiston Respublikasining kasbiy ta’lim tashkilotlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish yuzasidan Xitoy xalq Respublikasi Anxu provinsiyasining “Anhui Medical College of China” bilan anglashuv memorandumi imzolanishi haqida gapirdi. Davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va ta’lim sohasidagi islohotlar haqida gapirar ekan, kelajak egasi sifatida bugungi kun yoshlarini tinimsiz ravishda o‘z ustida ishlashga, mustahkam ilm olishga, xorijiy tillarni oʼrganishga, yurt ravnaqi yoʼlida maqsadga intilishga chaqirdi. Ochiq muloqot davomida talabalar oʼzlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha erkin fikr-mulohazalarini bildirdilar, qator gʼoya, tashabbus va takliflar berdilar.


Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.