Ishonch telefoni

21-oktabr

21-10-2025, 19:46
77
Bugun, 21-oktabr sanasida Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 21-oktabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan “Til – millat ko'zgusi ” nomli tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni texnikum yoshlar bilan ishlash bo'yicha direktor o'rinbosari M..X.Zaripova ochib berib, barcha ishtirokchilarni bayram bilan tabrikladi. U o‘z nutqida o‘zbek tilining xalqimiz hayotidagi beqiyos o‘rni, uning boy tarixiy ildizlari va bugungi kunda davlat siyosatida tutgan yuksak mavqeiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Talabalar tomonidan o‘zbek tilini ulug‘lovchi she’rxonlik, sahna ko‘rinishlari va raqs chiqishlari namoyish etildi. Shuningdek, viktorina savollari orqali talabalar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi va g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. 
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz