Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » 🌸 Bayram muborak bo‘lsin aziz ayollar!

🌸 Bayram muborak bo‘lsin aziz ayollar!

7-03-2025, 14:00
30
🌺Ayol bor dunyoda pariruxsor bor,Ayol bor dunyoda ul gulruxsor bor,
Ayol bor dunyoda gul bor, bahor bor,
Ayol bor dunyoda oshig'i zor bor. 

⭐️Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida  joriy yilning 7- mart kuni "8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan  "Sen aziz va  muqaddassan  ayol!" nomli bayram tadbiri va “Balli qizlar” ko‘rik tanlovi tashkil etildi.Tadbir avvalida ta’lim muassasasi direktori M.M.Axmedova texnikumda faoliyat olib borayotgan barcha xotin-qizlarni bahoriy bayram bilan samimiy qutladi. Ko‘rik tanlovda  ta’lim muassasasining  5 nafar talabasi    o‘zaro 5 shart bo‘yicha bellashdilar.  Tanlovda “Hamshiralik ishi” yo‘nalishi 1-kurs 5-guruh talabasi Komiljanova Aziza 122 ball bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritib,  “Ko‘rik tanlov yulduzi” deya e’tirof etildi.Tanlov ishtirokchilari faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz