“Germaniya tibbiyot akademiyasi” ochilishi

➕Bugun poytaxtimizdagi Abu Ali ibn Sino nomidagi 1-son Respublika jamoat salomatligi texnikumi bazasida “Germaniya tibbiyot akademiyasi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
🔵Loyiha Migratsiya agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Germaniyaning Aaxen universitet klinikasi hamda Shveysariyaning “Globogate Concept AG” kompaniyasi hamkorligida amalga oshirildi.
🧑💻Ochilish marosimida Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo'ng'irotboy Sharipov, Sog'liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov, Toshkentdagi Germaniya elchixonasi — Missiya rahbarining o'rinbosari Klemens Shvanhold, "Capmont GmbH" kompaniyasi bosh direktori Armin Veibel, Aaxen universiteti klinikasi direktori Mario Hoben va boshqa xorijiy mehmonlar ishtirok etishdi.
📝Ochilish marosimida loyiha haqida batafsil ma'lumot hamda kutilayotgan natijalar taqdim etilib, akademiya bilan tanishuv tashkil qilindi.
🎓Akademiya Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichi bo‘lib, o‘rta bo‘g‘in tibbiyot mutaxassislarini Germaniya standartlari asosida tayyorlash, ularning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda mehnat migratsiyasi uchun yangi imkoniyatlar yaratishni maqsad qilgan.
🌍"Germaniya tibbiyot akademiyasi" bitiruvchilari ikki davlat tomonidan tan olinadigan diplomga ega bo‘lib, Germaniyada yuqori va barqaror maosh asosida hamshira sifatida ish boshlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
⸻
🇩🇪 В Ташкенте открылась "Немецкая медицинская академия"
➕Сегодня на базе Республиканского техникума общественного здоровья №1 имени Абу Али ибн Сино в столице состоялась торжественная церемония открытия "Немецкой медицинской академии".
🔵Проект реализован в сотрудничестве с Агентством по миграции, Министерством здравоохранения, Министерством высшего образования, науки и инноваций, Университетской клиникой Аахена (Германия) и швейцарской компанией "Globogate Concept AG".
🧑💻В церемонии открытия приняли участие директор Агентства по миграции Бехзод Мусаев, министр высшего образования, науки и инноваций Кунгратбай Шарипов, министр здравоохранения Асилбек Худаяров, заместитель главы миссии посольства Германии в Ташкенте Клеменс Шванхольд, генеральный директор компании "Capmont GmbH" Армин Вейбель, директор клиники Университета Аахена Марио Хобен и другие зарубежные гости.
📝В ходе мероприятия была представлена подробная информация о проекте и его целях, а также организована экскурсия по академии.
🎓Академия стала новым этапом сотрудничества между Германией и Узбекистаном, направленным на подготовку медицинских специалистов среднего звена по немецким стандартам, поддержку их профессионального развития и создание новых возможностей для трудовой миграции.
🌍Выпускники "Немецкой медицинской академии" получат диплом, признаваемый обеими странами, и смогут начать профессиональную деятельность в Германии, где предусмотрены высокие и стабильные условия оплаты труда.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
"Germaniya tibbiyot akademiyasi" ochilishi20-09-2025, 17:00
Germaniya tibbiyot akademiyasi" ochilishi munosabati bilan texnikum 1-kurs oʻquvchilari uchun yigʻilish2-10-2025, 17:37
🇺🇿 O‘zbekistonda hamshiralik sohasida o‘qing — Germaniya klinikalarida ishlang!22-08-2025, 15:08
O‘zbekistonda hamshiralik sohasida o‘qing — Germaniya klinikalarida ishlang!15-10-2025, 09:17
Germaniya va O'zbekiston hamkorligi7-10-2025, 10:49











