TEXNIKUMDA YONG‘IN BO‘YICHA MAXSUS-TAKTIK O‘QUV MASHQI O‘TKAZILDI

2025-yil 4-oktyabr kuni Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kompaniyasi doirasida maxsus-taktik o‘quv mashqi bo‘lib o‘tdi.
🔹 Mashqning asosiy maqsadi — yong‘in sodir bo‘lganda texnikum rahbariyati, mas’ul xodimlar va talabalar hamda tegishli xizmatlarning hamkorlikdagi harakatlarini sinovdan o‘tkazish, evakuatsiya va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
👥 O‘quv mashqlarida:
Texnikum rahbarlari – 4 kishi
Mas’ul xodimlar – 10 kishi
Talabalar – 400 nafar
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi – 35 nafar xodim, 3 ta texnika
IIB – 2 nafar xodim, 1 ta texnika
Elektr ta’minoti korxonasi – 2 nafar xodim, 1 ta texnika
Gaz ta’minoti bo‘limi – 2 nafar xodim, 1 ta texnika
Tez tibbiy yordam – 4 nafar xodim, 1 ta texnika
📌 Umumiy hisobda 459 nafar ishtirokchi va 7 ta texnika jalb qilindi.
✅ Mashq davomida talabalarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va yong‘inni bartaraf etish amaliyoti bajarildi.
Texnikum rahbarlari va ishchi-xizmatchilarning favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorgarligi “cheklangan tayyor” deb baholandi.
Yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish;
Talaba va xodimlarni doimiy ravishda favqulodda vaziyatlarga tayyorlash;
FVB o‘quv markazida malaka oshirishni davom ettirish.
🔥 Barchamizning hushyorligimiz va ogohligimiz — xavfsizligimiz garovidir!
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
YOSH QUTQARUVCHILAR11-03-2023, 16:49
SSV: bolalar o'rtasida irsiy kasalliklarning oldini olish choralari ko'riladi4-03-2024, 13:06
Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Urganch shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan davra suhbati o‘tkazildi24-04-2025, 17:41
Diqqat, e’lon!8-02-2025, 10:00
“OGOHLIK – DAVR TALABI” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI27-02-2025, 17:00











