Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » Ta'lim muassasasi va ota-onalar hamkorligi— mustahkam bilim kafolati!

Ta'lim muassasasi va ota-onalar hamkorligi— mustahkam bilim kafolati!

29-01-2025, 11:04
154
2025- yil 29- yanvar kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida  "Hamshiralik ishi” yo‘nalishi 1- bosqich talabalarining  ota-onalari bilan  yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda texnikum direktori M.M.Axmedova, direktor oʻrinbosarlari  hamda guruh rahbarlari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida  direktor M.M.Axmedova  bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan ta’limga va tibbiyot sohasiga qaratilayotgan e’tibor, tibbiyot xodimlarining jamiyatdagi nufuzi va bo'lajak hamshiralarni zamon talablariga mos tarbiyalash masalalariga to‘xtalib o‘tdi.  Shuningdek, talaba-yoshlar hayotida ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi, taʼlim muassasasi va ota-onalarning o'zaro hamkorligi hamda talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli  tashkil etish masalalariga to‘xtalib o‘tildi. 

Uchrashuv davomida ota-onalarning fikrlari, taklif hamda tavsiyalari tinglandi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz