TALABALAR AMALIYOT JARAYONIDA
Tibbiyot texnikumida nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Shu bois hozirda talabalar turli shifoxonalarda amaliyot o‘tashmoqda. Amaliyot jarayonlarining samarali va tizimli kechayotganini kuzatish maqsadida, texnikum direktori M.M.Axmedova hamda direktor o‘rinbosari G.S.Sapayevalar amaliyot bazalariga tashrif buyurdilar.Tashrif davomida talabalarning ish joylarida olib borayotgan faoliyati, ularning tibbiy muassasa xodimlari bilan hamkorlikda ishlashi, kasbiy ko‘nikmalarni egallashdagi faolligi va mas’uliyat darajasi o‘rganildi. Talabalarning amaliy mashg‘ulotlarda o‘zlashtirayotgan bilimlari, bemorlarga xizmat ko‘rsatishdagi muomala madaniyati va shifoxona ichki tartiblariga amal qilayotganlarini guvohi bo‘ldilar.Talabalar amaliyot davrida nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llashga intilmoqda, shifokorlar nazorati ostida faoliyat yuritmoqda va kelajakda yetuk tibbiyot mutaxassisi bo‘lish sari dadil qadam tashlamoqda.


Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.











