Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan “Bir asrning ikki dahosi” mavzusida nazm va navo kechasi bo‘lib o‘tdi.

Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan “Bir asrning ikki dahosi” mavzusida nazm va navo kechasi bo‘lib o‘tdi.

7-02-2025, 14:00
46
2025-yil 8-fevral kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan  “Bir asrning ikki dahosi” mavzusida  nazm va navo kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy tiklanish demokratik partiyasi Xorazm viloyati kengashi xodimlari ham ishtirok qilishdi.  ham ishtirok qilishdi. Ta’lim muassasasi direktori M.M. Axmedova tadbirni ochib berib, Navoiy dahosiga ehtirom, uning boy ijodiy merosini o‘rganish va  tadqiq qilish bizning kelajak avlod oldidagi burchimiz ekanligini alohida ta’kidladilar hamda Navoiy ijodini  o‘rganish hech qachon o‘z dolzabrligini yo‘qotmasligiga alohida urg‘u berdilar. Tadbirda talabalar Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqida gapirishdi, asarlaridan  namunalar o‘qishdi. Talabalar tomonidan ijro etilgan betakror sahna ko‘rinishlari va ajoyib raqslar barchaga manzur bo‘ldi, tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. 
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz