KIBERXAVFSIZLIK BO'YICA TARG'IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
2026-yil 22-oktabr kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida pedagoglar va ishchi xodimlar ishtirokida kiberjinoyatchilikning oldini olish, internet tarmog‘idan xavfsiz foydalanish hamda kiberxavfsizlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi ishchi- xodimlar va o‘qituvchilarning kiberxavfsizlik borasidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, internet tarmog‘ida uchraydigan turli tahdidlar, firibgarlik holatlari hamda shaxsiy ma’lumotlarning noqonuniy qo‘lga kiritilishining oldini olishdan iborat.
Tadbir davomida internetdan foydalanishda ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish, noma’lum havolalarni ochmaslik, shubhali fayl va ilovalarni yuklab olmaslik, shaxsiy ma’lumotlar hamda bank kartasi ma’lumotlarini begonalarga oshkor etmaslik, murakkab parollardan foydalanish va akkauntlarni himoyalash yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ishrirokchilarning mobil qurilmalariga kiberxavfsizlikni ta’minlashga yordam beruvchi APK formatidagi himoya ilovalari o‘rnatilib, ulardan xavfsiz foydalanish tartibi bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.
Bunda mobil qurilmalarning xavfsizligini ta’minlash, shubhali ilovalardan himoyalanish va internetdagi ehtimoliy xavflarni o‘z vaqtida aniqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga raqamli texnologiyalardan foydalanishda doimo hushyor bo‘lish, kiberxavfsizlik qoidalariga amal qilish va internet makonida shaxsiy axborotlarni himoya qilish har bir foydalanuvchining muhim vazifasi ekanligi ta’kidlandi.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
KIBERXAVFSIZLIK BO‘YICHA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI12-09-2026, 11:43
Yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi17-10-2026, 16:15
Kiberxavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi19-10-2026, 16:18
Kiberjinoyatchilikning oldini olish — davr talabi13-10-2026, 16:03
Kiberxavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi20-10-2026, 16:22